Tyuram faoliyatini "Inter"da davom ettirishi kutilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 82
Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Markus Tyuram faoliyatini 'Inter"da davom ettirishi mumkin.
Xabarlarga ko'ra, "Inter" rahbariyati frantsiyalik hujumchini xarid qilishdan manfaatdor. Biroq transferni tashkil qilish uchun italyan klubi mavjud futbolchilaridan birini sotishi kerak.
25 yoshli frantsiyalik futbolchi 2019 yildan beri “Borussiya M”da o'ynab kelmoqda. Joriy mavsumda u jamoa safida 17 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi. Transfermarkt portaliga ko'ra futbolchining narxi 32 million evroga baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!