Fillips o'ziga boshqa variantlarni ko'rishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 65
Manchester Evening News xabariga ko'ra, «Manchester Siti» qishki transfer oynasida yarim himoyachi Kelvin Fillipisni ijaraga berishi mumkin.
«Shaharliklar» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola futbolchining jismoniy holatidan nihoyatda norozi edi.
27 yoshli angliyalik futbolchi optimal holatga qaytmaguncha maydonga tushmaydi. Buning uchun u ko'proq o'yin vaqtini kafolatlashi mumkin bo'lgan klubga borishi mumkin.
Kelvin Fillips shu yozda jamoaga kelib qo'shildi, u «Lids»dan 49 million evro evaziga ko'chib o'tdi. U joriy mavsum «Siti» safida 8 ta o'yinda maydonga tushdi.
Fillips Angliya terma jamoasi bilan 2022 yilgi jahon chempionatiga borgan va Qatarda 2 ta o'yin o'tkazgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!