OFK Etika qo'mitasi O'FAni jarimaga tortdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 52
Osiyo futbol konfederatsiyasi Etika qo'mitasi qit'a miqyosida musobaqalarda ro'y bergan qoidabuzarliklar bilan bog'liq ishlarni ko'rib chiqib, jazo choralarini e'lon qildi.
Kuvaytda o'tkazilgan futzal bo'yicha Osiyo chempionatining yarim final bosqichi doirasida 2022 yilning 6 oktyabr kuni bo'lib o'tgan O'zbekiston va Yaponiya terma jamoalari o'rtasidagi o'yinda o'zbekistonliklarning 5 nafar a'zosi hakam tomonidan ogohlantirilgandi.
Ushbu hodisa tufayli OFK O'zbekiston futbol assotsiatsiyasini 1500 dollar miqdorida jarimaga tortish haqida qaror chiqardi. Ushbu summaning 375 dollar qismi 90 kun ichida to'lanashi kerak. Qolgan 1125 dollar esa shartli hisoblanib, keyingi 2 yil davomida shunday qoidabuzarlik takrorlansa, ushbu summa ham OFK hisobiga o'tkaziladi.
Keyingi qoidabuzarlik tufayli jazo chorasi keskinroq bo'lishi haqida O'FA ogohlantirildi.
O'zbekiston futzal terma jamoasi yarim finalda Yaponiyaga yutqazib qo'ygan (1:2) va 3-o'rin uchun o'yinda Tailandni mag'lub etgandi (8:2).