Indzagi: «Skudetto uchun kurashga qaytamiz»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 43
«Inter» bosh murabbiyi Simone Indzagi o'z shogirdlarining Italiya chempionatining joriy mavsumidagi ishtiroki haqida gapirdi.
«Biz Skudetto uchun kurashga qaytamiz. Men bunga 100 foiz aminman. Jahon chempionati uchun tanaffusdan keyin hammasini noldan boshlaymiz.
Tan olishimiz kerakki, mavsumning birinchi qismida «Inter» etarli darajada o'ynamadi, ammo biz kamchiliklarimizni to'g'irlamoqchimiz», - dedi mutaxassis.
Italiya chempionatining 15-turidan so'ng «neradzurrilar» 30 ochko jamg'arib, turnir jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda. Indzagi shogirdlari peshqadam «Napoli»dan 11 ochko ortda qolmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!