«Ayaks» Kudus uchun qancha so'rayapti?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 50
«Ayaks» yarim himoyachi Muhammad Kudusni sotishga tayyor. Sport.es xabariga ko'ra, 22 yoshli futbolchiga «Barselona», «Real», «Yuventus», «Milan», «Manchester Yunayted», «Liverpul» va «Everton» da'vogarlik qilmoqda.
Kudusning Gollandiya klubi bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan. Amsterdam klubi o'z futbolchisi uchun kamida 45 million evro talab qilmoqda.
Kudus joriy mavsum Chempionlar ligasining 6 ta o'yinida 4 ta gol urdi. Shuningdek, u liganing 14 uchrashuvida 5 ta gol urdi.
2022 yilgi jahon chempionatida Gana terma jamoasi tarkibida 3 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!