Levandovski: «Evropa ligasi ham yomon emas»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 61
«Barselona» hujumchisi Robert Levandovski jamoasining Evropa ligasidagi ishtiroki haqida gapirdi.
Kataloniyaliklar Chempionlar ligasi guruhidan chiqa olmadi va «Bavariya» va «Inter»dan keyin uchinchi o'rinni egalladi. Evropa ligasining 1/16 final bosqichida «ko'k-anorranglilar» «Manchester Yunayted»ga qarshi o'ynaydi.
«Ha, bizning orzuimiz Chempionlar ligasida g'alaba qozonish, Evropa ligasi ham yomon emas. «Manchester Yunayted» bilan o'yinlar juda qiyin bo'ladi.
Bizning vazifamiz - o'zimizga ishonish va maqsad sari qadamma-qadam borish», - dedi o'tgan yozda «Barselona» safiga qo'shilgan polshalik hujumchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!