Feliks Messi va Mbappe bilan o'ynamaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 73
Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Joau Feliks Frantsiya chempionatiga o'tmaydi. Jurnalist Fabritsio Romanoga ma'lum bo'lishicha, portugaliyalik futbolchiga qiziqish bildirayotgan "PSJ" uning transferi borasida muzokaralar olib bormayapti.
Shu tariqa, Feliksga asosiy da'vogarlar Angliya Premer-ligasi vakillari hisoblanadi. Avvalroq, "Manchester Yunayted" va Londonning "Arsenal" klublari Joau transferini amalga oshirishni istashayotgani haqida xabar berilgandi.
Feliks 50 million evroga baholanmoqda. 23 yoshli futbolchining "Atletiko" bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!