Mudrik ingliz klubi bilan kelishib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 131
Ukraina terma jamoasi va “Shaxtyor” etakchilaridan biri Mixaylo Mudrik APLga o'tishga yaqin turibdi. Jurnalist Nikolo Shkiraning xabariga ko'ra, 21 yoshli futbolchi qishda "Arsenal"ga o'tishi mumkin.
Insayderning ijtimoiy tarmoqlarida Mudrik “kanonirlar” rahbariyati bilan shartnoma shartlari bo'yicha kelishib olgani haqida xabar berilgan. "Arsenal" endi "Shaxtyor" bilan futbolchi uchun tovon puli borasida kelishib olishi kerak. Ukraina tomoni avvalroq o'z vakilini 100 million evroga baholayotganini ma'lum qilgandi.
2022/2023 yilgi mavsumda Mixaylo klub miqyosida 18 ta o'yinda qatnashib, o'nta gol va sakkizta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!