Sancho hali beri safga qaytmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 74
«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Jeydon Sancho jamoasining Liga kubogi doirasida bo'lib o'tadigan navbatdagi o'yinida ishtirok etmaydi. Bu haqda jurnalist Samuel Lakxyorst ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qildi.
Sancho kuzda olgan jarohatidan hali tuzalgani yo'q. U «mankunianliklar»ning Karringtondagi mashg'ulot bazasiga qaytgani yo'q.
Jeydon joriy mavsumda Premer-ligada ikkita gol va bitta golli uzatma qayd etishga muvaffaq bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Sancho 2021 yilning yozida Dortmundning «Borussiya»sidan «Old Trafford»ga o'tgan edi. Transfer summasi 80 million evrodan oshdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!