Tyuramga o'rinbosar topilgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 83
Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi hujumchisi Markus Tyuram qishki transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin, deb xabar beradi Bild.
Nemis klubi mavsum oxirida shartnomasi tugaydigan 25 yoshli frantsiyalik futbolchini 12 million evroga baholagan.
O'yinchiga to'g'ri keladigan ko'plab top-klublar orasida favorit bu "Inter".
Bundan tashqari, "Bavariya" futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi, ammo yozda erkin agent sifatida.
Tyuram 2022/23 yilgi mavsumda klub safida 17 ta o'yinda 13 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Borussiya M" allaqachon Tyuramga o'rinbosar topib bo'ldi - joriy Xorvatiya chempionatining 16 o'yinida 8 gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan "Osiek"ning 20 yoshli hujumchisi Dion Belo. Futbolchi 6,5 million evroga baholanmoqda.