"Barselona" o'z futbolchisi bilan shartnomani uzaytirishga juda yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 50
"Barselona" himoyachisi Alexandro Baldening Xavi Ernandes jamoasi bilan shartnomasini uzaytirishiga bir qadam qoldi.
Jurnalist Fabritsio Romanoning xabariga ko'ra, har ikki tomon ham imkon qadar tezroq yangi kelishuvni e'lon qilmoqchi.
Qayd etilishicha, yangi shartnomada Baldening katta miqdorda yangilangan tovon puli paydo bo'ladi. Hamkorlik muddati 5 yilga mo'ljallanadi.
Eslatib o'tamiz, yosh ispaniyalik futbolchining "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirida o'z nihoyasiga etadi.
Bu mavsumda Balde bosh murabbiydan katta ishonchga ega, chunki uning o'yin vaqti sezilarli darajada oshdi. Himoyachi Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!