Akbar Jo'raevdan ham oltin medal kutamiz
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 51
56Bugun Kolumbiyada og'ir atletika bo'yicha jahon chempionati o'z yakuniga etadi. Reglamentga ko'ra, ushbu kun doirasida +109 kg vazn toifasida A, B va C guruhlaridagi bellashuvlar o'tkaziladi.
Toshkent vaqti bilan 17 dekabrga o'tar kechasi 02:30 da start oladigan «A» guruhi vakillari orasida o'tgan yilgi jahon chempioni, Tokio-2020 Olimpiadasi g'olibi Akbar Jo'raev ham ishtirok etadi.
Bu yildan yuqori vaznga o'tgan polvonimizga oltin medal yo'lida asosiy raqobatchi ushbu vazn toifasidagi amaldagi Olimpiada chempioni, jahon chempioni va rekordchisi gruziyalik Lasha Talaxadze bo'ladi. Bo'lajak bellashuvda Jo'raevga omad tilaymiz.
«A» guruhi vakillari:
Akbar Jo'raev (O'zbekiston)
Lasha Talaxadze (Gruziya)
Simon Martirosyan (Armaniston)
Varazdat Lalayan (Armaniston)
Gor Minasyan (Bahrayn)
Ali Dovudiy (Eron)
Oyat Sharifiy (Eron)
Abdulrahmon Al Said (Misr)
Volid Bidaniy (Jazoir)
Man Asad (Suriya)