Shvaynshtayger: "Marsyal o'ziga xos futbolchi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29
"Manchester Yunayted"ning sobiq yarim himoyachisi Bastian Shvaynshtayger Antoni Marsyalning imkoniyatlarini yuqori baholadi.
Eslatib o'tamiz, 27 yoshli hujumchi Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
"Marsyal ajoyib salohiyatga ega. U qanday qilib "Manchester Yunayted"ga o'tganini va birinchi o'yinida "Liverpul" darvozasiga gol urganini eslayman. Antoni buni o'ziga xos tarzda amalga oshirdi", - dedi Shvaynshtayger "mankunianliklar" rasmiy saytiga.
2015 yilning yozida Marsyal 60 million evro evaziga "Monako"dan "Manchester Yunayted"ga o'tgandi. Antoni o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini Ispaniyaning "Sevilya" jamoasida ijara asosida o'tkazdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!