"Lester" "Barselona" transfer maqsadini o'ziniki qilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 52
L'Equipe nashri xabariga ko'ra, "Lester" Frantsiyaning "Anje" klubi yarim himoyachisi Azzedin Unaiga qiziqish bildirmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, ingliz klubi qishki transfer oynasida marokashlik futbolchini sotib olmoqchi va u uchun 45 million evro taklif qilishga tayyor. Avvalroq futbolchiga "Barselona" va "Sevilya" klublari ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Joriy mavsumda 22 yoshli Unai “Anje” va Marokash terma jamoasi safida barcha musobaqalarda 22 ta o'yin o'tkazib, gol ura olmagan. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!