Kolo Muani: "Argentinaga qarshi o'yinga ham har doimgidek tayyorgarlik ko'ramiz"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 46
Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Randal Kolo Muani Argentina bilan bo'ladigan jahon chempionati finalidan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Eslatib o'tamiz, Marokash bilan yarim final o'yinida (2:0) Muani gol urgan edi.
24 yoshli futbolchining so'zlariga ko'ra, Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron shaxsan o'zi Dide Desham jamoasidan turnirda g'olib chiqishni so'ragan.
"Argentina – kuchli jamoa, ammo biz ularga qarshi o'yinga har doimgidek tayyorlanishimiz kerak. Biz juda jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqchimiz, ayniqsa ruhiy tomondan" - dedi Kolo Muani RTBF bilan suhbatda.
Argentina va Frantsiya o'yini 18 dekabr, yakshanba kuni Moskva vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!