Tchuameni: "Mbappe avvalgi uchrashuvlardagidek yorqin o'yin namoyish eta olmadi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 55
Frantsiyalik yarim himoyachi Aurelien Tchuameni jamoadoshi Kilian Mbappening Marokashga (2:0) qarshi jahon chempionati yarim finalidagi o'yini haqida gapirdi.
Tchuamenining so'zlariga ko'ra, 23 yoshli hujumchi afrikkaliklarga qarshi o'yinda avvalgi uchrashuvlardagidek yorqin o'yin ko'rsata olmaganiga qaramay, Frantsiya termasi uchun juda foydali o'ynadi.
"Menimcha, u yaxshi o'ynadi. U bizga maydonda juda ko'p yordam beradi va biz Mbappe raqib uchun xavf tug'dirayotganini bilamiz", - dedi Tchuameni PSG Talk bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, joriy mundialning oltita o'yinida Mbappe beshta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Finalda Frantsiya Argentina bilan kuch sinashadi. Ushbu o'yin 18 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.