"Bavariya" xavbeki bilan shartnomani uzaytiradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 58
Germaniya terma jamoasi va "Bavariya"ning hujumkor yarim himoyachisi Leroy Sane klub bilan yangi shartnoma imzolamoqchi, deya xabar beradi Sport Bild.
Tomonlar o'rtasidagi amaldagi bitim muddati 2025 yilning o'rtalarigacha hisoblangan. Transfermarkt ekspertlari Leroyning narxini 70 million evroga baholamoqda.
Joriy mavsumda vinger myunxenliklar safida 19 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Oldinroq "Arsenal" Saneni o'z safiga qo'shib olmoqchi ekani xabar qilingandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!