Enrike "Atletiko" bilan muzokara olib boryaptimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 54
Yaqinda Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etgan taniqli mutaxassis Luis Enrike Madridning “Atletiko” klubidagi ehtimoliy ish haqida gapirdi. Avvalroq OAVda u argentinalik Diego Simeoneni o'rnini egallashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
"Atletiko"da ishlash? Klub menga taklif bilan chiqishi kerak. Hozircha menga hech qanday so'rovlar kelib tushmadi" - dedi mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya terma jamoasi Qatardagi jahon chempionatida muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Enrike boshchiligidagi “qizil furiya” jahon chempionatining 1/8 final bosqichida Marokash terma jamoasiga penaltilar seriyasida sensatsion tarzda mag'lub bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!