Mustafo Xoji: "Yigitlarning g'alaba qozonib, finalga chiqishini juda istayman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 58
Marokashlik afsonaviy futbolchi Mustafo Xoji JCh-2022 yarim final uchrashuvi arafasida Frantsiya terma jamoasi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Frantsiya men uchun qardosh davlat. Lekin bu jangda Marokashning g'alabasiga umid qilaman. Yigitlarning g'alaba qozonib, finalga chiqishini juda istayman" - dedi Mustafo Xoji RMC Sport nashriga.
Frantsiya va Marokash o'rtasidagi yarim final uchrashuvi 15 dekabr, payshanba kuni bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!