"Borussiya D" himoyachisini "Barselona"ga sotmoqchi emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 60
Sport.es xabariga ko'ra, Dortmundning "Borussiya" klubi "Barselona"ning qiziqishiga qaramay, qishda himoyachi Toma Meneni sotishni istamayapti.
Menening "Borussiya" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi. Qolaversa, 31 yoshli belgiyalik futbolchining o'zi ispan klubida o'ynashni xohlaydi.
Joriy mavsumda u 14 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Transfermarkt portali futbolchining narxini 6,5 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!