Dumfris Argentinaga qarshi bahs yakunida qizil kartochka oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 77
Niderlandiya terma jamoasi himoyachisi Denzel Dumfris Argentina terma jamoasiga qarshi jahon chempionati 1/4 final uchrashuvida penaltilar seriyasidan so'ng maydondan chetlatildi. Dumfris birinchi sariq kartochkasini penaltilar seriyasida, ikkinchisini esa, g'alabani nishonlayotgan argentinaliklar bilan janjallashib qolganda oldi.
Uchrashuvning asosiy va qo'shimcha vaqti durang bilan yakunlandi - 2:2. Argentina terma jamoasi penaltilar seriyasida 4:3 hisobida g'alaba qozondi.
Argentina terma jamoasi jahon chempionatining yarim finalida avvalroq Braziliyani penaltilar seriyasida mag'lub etgan Xorvatiya terma jamoasi bilan to'qnash keladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!