"Tottenxem" yarim himoyani kuchaytirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 87
Londonning "Tottenxem" klubi qishgi transfer oynasida yarim himoya pozitsiyasini kuchaytirmoqchi. Bu haqda 90min portali xabar berdi.
Qayd etilishicha, "shporlar"ning asosiy maqsadi "Barselona" yarim himoyachisi Frank Kessie bo'lib turibdi. Kataloniyaliklar ham Kessie uchun takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.
Shuningdek, "Fiorentina"ning marokashlik futbolchisi Sofyan Amrabat ham londonliklar e'tiborini tortgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!