Ramush 32 yillik tanaffusdan so'ng yana JCh pley-offida xet-trik qayd etgan ilk futbolchiga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 70
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Gonsalu Ramush JCh-2022da Shveytsariyaga qarshi bahsda (6:1) uchta gol urdi. Bu turnirdagi ilk xet-trik bo'ldi.
So'nggi 32 yil ichida birinchi marta pley-off o'yinida bitta futbolchi uchta gol urdi. Oxirgi marta 1990 yilda chexoslovakiyalik Tomas Skuxravi Kosta-Rikani 3 marta ranjitgan edi.
Jahon chempionatlarining pley-off bosqichi tarixida 18 ta xet-trik qayd etilgan bo'lib, ulardan sakkiztasi urushdan oldingi uchta turnirda sodir bo'lgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!