Ramush 28 yillik natijani yangiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 55
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Gonsalu Ramush JCh-2022 1/8 finalida Shveytsariyaga qarshi o'yinda (6:1) 4 ta samarali harakat amalga oshirdi.
21 yoshli portugaliyalik xet-trik va golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Shu tariqa, u 28 yil ichida jahon chempionatida “gol+pas” tizimida 4 ochko jamg'argan birinchi futbolchiga aylandi.
Bunday natijaga ega bo'lgan so'nggi futbolchi 1994 yilgi Jahon chempionatida Kamerun terma jamoasiga 5 ta gol urgan va golli uzatmani amalga oshirgan rossiyalik Oleg Salenko edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!