Koutino yana keraksizga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 93
"Aston Villa" bosh murabbiyi Unai Emeri yarim himoyachi Filippe Koutinoni yanvar oyida jamoani tark etishiga qarshi emas, deya xabar beradi Daily Mail.
"Villa"da Stiven Jerrard o'rniga kelgan Emeri Koutinoni klubda saqlab qolish niyatida emas, ammo birmingemliklar Filippeni faqat doimiy transferga qo'yib yuborishga tayyor.
30 yoshli braziliyalik futbolchi joriy mavsumda "Villa" safida 13 o'yinda ishtirok etdi.
Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 18 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!