Pedri Messi bilan futbolka almashtirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 76
Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Pedri Argentina yulduzi Lionel Messi bilan JCh-2022 finalida to'qnash kelishni istayotganini aytdi.
"Messi bilan futbolkalarimizni almashtirmoqchiman. Biz buni Jahon chempionatining finalida amalga oshirishimiz mumkin", - dedi ispaniyalik yarim himoyachi.
Ispaniya bugun turnir 1/8 finalida Marokash bilan o'ynaydi. Bahs Toshkent vaqti bilan 20:00'da start oladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!