"Barselona" Tilemansni sotib olmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 74
"Barselona" belgiyalik "Lester" yarim himoyachisi Yuri Tilemansni sotib olmaslikka qaror qildi, deb xabar beradi Marca.
Manbaga ko'ra, kataloniyaliklar faoliyatini "Arsenal"da davom ettirishi mumkin bo'lgan futbolchiga qiziqishni yo'qotgan, ammo keyin bu ma'lumot tasdiqlanmagan.
Oldinroq, Tilemans shartnoma muddati tugagach, "Lester"ni tark etishga qaror qilgani haqida xabar berilgandi. Tomonlar o'rtasidagi kelishuv 2023 yilning yozida yakuniga etadi.
Yarim himoyachi joriy mavsumda barcha turnirlarda 17 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 40 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!