JCh-2022. Nimchorak finalda nega sensatsiyalar ro'y bermayapti?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 53
Guruh bosqichidan pley-off boshlanyapti, deb quvongandik, aslida o'sha pley-off 1/8 finalning o'rniga bo'lgan ekan.
Buning tagida ob'ektiv sabablar bor albatta. Avstraliya, Polsha, Senegal, AQSh kabi jamoalar so'nggi turda o'sha haqiqiy pley-offda qatnashishdi. AQSh va Senegal esa, umuman g'alabadan boshqa hisob qoniqtirmaydigan o'yinda, Avstraliya asosiy raqibi bilan yutqazmaslik shart o'yinda to'qnashdi. Emotsional tomondan ancha kuch berildi, bu jismoniy charchoqdan ham og'irroq, manimcha.
Favoritlar butunlay aksincha, Frantsiya oxirgi o'yinni tortiq qilib yubordi, Angliya yangilangan tarkibda o'ynadi, Niderlandiya Qatarga yutqazmasa bo'ldi edi, faqat Argentinadan Polshani engish talab etilardi xolos. O'ziga yarasha biroz tin olgan favoritlar nimchorak finalda ancha kuchli ko'rinishdi. Frantsiya va Angliya masalan, juda yomon boshlagan bo'lishsa-da, ijrochilarning mahorati va o'sha ruhiy/jismoniy ustunlik etarli bo'ldi. Guruhda borini tashlaydigan jamoalardan ko'ra, go'yoki vazifani bajarib, xoldan toyib etib kelgan raqiblar ancha xavfsiz bo'ldi ular uchun.
Shu mantiqdan fikrlasak, bu tendentsiya yana davom etsa kerak. Zero Portugaliya, Braziliya va Ispaniya qanday rejimda guruhni yakunlaganini ham bilamiz. Koreya, Yaponiya, Shveytsariyani ham.
Katta ehtimol bu safar chorak finalda katta o'yinlar juda ko'p bo'ladi. Faqat Germaniya afishani buzib qo'ydi xolos.
Qahramon Aslanov.