Frantsiya ketma-ket uchinchi bor bu ishni uddaladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 50
Frantsiya terma jamoasi JCh-2022 1/4 finaliga chiqdi.
1/8 finalda frantsuzlar Polshani mag'lub etishdi (3:1), endi jamoa Angliya – Senegal juftligi g'olibi inglizlar bilan o'ynaydi.
Frantsiya ketma-ket 3-marta jahon chempionatida chorak finalga chiqdi. Shuningdek, ular so'nggi 5 ta JChdan 4 tasida shunday natijaga erishgan.
Faqat 2010 yilgi Jahon chempionatida ular guruhdan chiqa olmadi. Eslatib o'tamiz, Frantsiya amaldagi jahon chempioni hisoblanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!