Senegal katta turnirlardagi eng yirik mag'lubiyatini qabul qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 30
Senegal terma jamoasi top-turnirlardagi o'yinlari davomidagi eng yirik mag'lubiyatiga uchradi.
Aliu Sisse shogirdlari JCh-2022 1/8 finalida Angliyaga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Senegalliklar jahon chempionatida ham, Afrika kubogida ham hech qachon bunchalik yirik mag'lubiyatga uchramagan.
Jahon chempionatida Afrika terma jamoasi tarixda ikkinchi marta o'z darvozasidan uchta gol o'tkazib yubordi. Birinchi marta bu 2002 yilda sodir bo'lgan - Urugvaydan (3:3).
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!