"Paxtakor" Suyunov bilan yangi shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 48
"Paxtakor" darvozaboni Eldor Suyunov jamoa safidagi faoliyatini davom ettiradi.
Klub va darvozabon o'rtasidagi yangi kelishuvga erishildi. Unga ko'ra, Suyunov 2024 yil oxirigacha "Paxtakor" safida qoladigan bo'ldi. Hozirga qadar u rasmiy o'yinlarda "Sherlar" uchun 104 uchrashuvda maydonga tushgan.
Jamoa tarkibida Eldor to'rt karra O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritib, ikki martadan O'zbekiston Kubogi va Superkubogi, bir bor Liga Kubogida zafar quchgan.
Manba: "Paxtakor" klubi matbuot xizmatiFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!