Skaloni: «Messining yonida juda yaxshi jamoa shakllangan»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 56
Argentina terma jamoasi jahon chempionati 1/8 finali doirasidagi o'yinda Avstraliyani muammosiz mag'lub etdi.
«Albiseleste» yulduzi Lionel Messi ushbu uchrashuvda birinchi golni urdi. O'yindan so'ng Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni jamoa etakchisi haqida bir necha so'z aytdi.
«Men Messi bilan har kuni gaplashaman. Messi o'ynashni to'xtatganda hamma buni tushunadi. Bu o'yinda Leo mukammal o'ynadi, lekin uning yonida juda yaxshi jamoa shakllangan», - deydi Skaloni.
Jahon chempionatidagi navbatdagi o'yinni Argentina terma jamoasi 9 dekabr, juma kuni chorak finalda Niderlandiyaga qarshi o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!