Flikning iste'fosi kun tartibida yo'q
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 50
Xans Flik Germaniya terma jamoasidan haydalmaydi - unga mamlakat futbol assotsiatsiyasi va futbolchilar ishonch bildiradilar.
Sport1.de xabariga ko'ra, Germaniya terma jamoasi jahon chempionatining pley-off bosqichida ishtirok eta olmaganiga qaramay, 57 yoshli mutaxassisning iste'fosi haqidagi masala hatto muhokama qilinmayapti. Germaniya futbol assotsiatsiyasi (DFB) ijroiya qo'mitasi a'zolari hamon Flikga ishonishadi. Murabbiyni Germaniya terma jamoasining ko'plab futbolchilari yuqori baholaydilar.
Biroq, DFB prezidenti Bernd Noyendorf Flikdan Germaniyaning JCh-2022dagi natijalarini imkon qadar tezroq tahlil qilishini va Evro-2024 ga tayyorgarlik ko'rishdagi muammolarga echim taklif qilishini kutmoqda.
Keyingi hafta Frankfurtda Flik va DFB rahbarlari bilan uchrashuv bo'lib o'tadi.