Simeone yangi himoyachi bilan shartnoma imzolamoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 57
Niderlandiya terma jamoasi va Milanning “Inter” klubi markaziy himoyachisi Stefan de Vrey Ispaniyaning top-klubiga o'tish imkoniyatiga ega.
Todofichajes xabariga ko'ra, 30 yoshli futbolchini "Atletiko Madrid" o'z safiga qo'shib olmoqchi. "Matraschilar" bosh murabbiyi Diego Simeonening shaxsan o'zi 30 yoshli futbolchining transferini talab qilmoqda.
De Vreyning neradzurrilar bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi. Tomonlar muddatni uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda, biroq hozircha kelisha olmayapti.
A Seriyaning joriy mavsumida himoyachi 12 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!