"Yuventus" yanvarda futbolchi sotib olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 51
Turinning "Yuventus" klubi yanvar oyida faol transfer kampaniyasini o'tkazishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.
Manba bergan xabarga ko'ra, "keksa sinora" himoya chizig'ida faqat bitta futbolchi bilan shartnoma imzolashi mumkin. Rik Karsdorp ("Roma") va Ispaniyaning "Vilyarreal" vakili Ivan Fresneda Italiya grandining short-listidan joy olishdi.
Italiya chempionatining 15-turidan so'ng Massimiliano Allegri shogirdlari turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda. Turinliklar peshqadam “Napoli”dan o'n ochko ortda qolmoqda.
"Yuventus" A Seriyadagi navbatdagi o'yinini 4 yanvar kuni "Kremoneze"ga qarshi o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!