Messi JCh tarixida bunday sovrinni eng ko'p qo'lga kiritgan futbolchiga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 52
3 dekabr kuni bo'lib o'tgan Qatardagi jahon chempionati nimchorak final bosqichidan o'rin olgan Argentina va Avstraliya terma jamoalari o'rtasidagi o'yinda "albiseleste" g'alaba qozondi (2:1).
Mazkur uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sovrini Lionel Messiga topshirildi. Argentinalik futbolchi uchun ushbu sovrin Mundiallardagi sakkizinchi sovrin bo'ldi. Bu esa musobaqa tarixidagi eng yaxshi natija hisoblanadi.
Argentina chorak finalda Niderlandiya bilan to'qnash keladi. Bu o'yin 9 dekabr kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!