"Manchester Siti" egalari Braziliya klubini sotib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 44
Braziliyaning “Baiya” klubi klub aktsiyalarining 90 foizini City Football Group'ga sotishni ma'qulladi, deb xabar bermoqda Global Esporte. Qaror shanba kuni bo'lib o'tgan ovoz berish yakunlari bo'yicha qabul qilindi.
“Bugungi kunda hamkorlarimiz tarixiy va demokratik qaror qabul qilishdi, bu bizni dunyodagi eng yirik va innovatsion futbol guruhining bir qismi bo'lishga hamda aziz va jasur klubimizning yangi kelajagiga yaqinlashtirdi. Sevimli klubimiz City Football Group qo'shilish arafasida ekanidan juda xursandmiz, - dedi klub prezidenti Gilerme Bellintani.
2013 yilda tashkil etilgan va Buyuk Britaniyada ro'yxatdan o'tgan Amirlik sport xoldingi tarkibida "Nyu-York Siti" (AQSh) va "Melburn-Siti" (Avstraliya), "Lommel" (Belgiya), "Montevideo Siti Torke" (Urugvay), "Jirona" (Ispaniya), "Yokogama F. Marinos" (Yaponiya), "Trua" (Frantsiya), "Mumbay Siti" (Hindiston) va "Sichuan Tszyunyu" (Xitoy) kabi jamoalar bor.