Mbappening dastidan Frantsiya futbol federatsiyasi jarima to'ladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 72
Frantsiya futbol federatsiyasi Kilian Mbappe intervyu berishdan bosh tortgani uchun jarimaga tortildi.
JCh-2022da frantsiyalik hujumchi ikki marta - Avstraliya (4:1) va Daniyaga (2:1) qarshi o'yinlarda o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb tan olingan. Har ikki marta futbolchi mukofotni olganidan keyin majburiy intervyu berishdan bosh tortgan.
Bunga sovrinni Budweiser homiylik qilgani, Kilian esa alkogolli ichimlik brendini reklama qilmoqchi emasligi sabab bo'ldi, deb yozadi L'Equipe nashri.
Mbappe birinchi marta intervyu berishdan bosh tortgach, FFF og'zaki ogohlantirish oldi. Ikkinchi holatda esa Frantsiya futbol federatsiyasi 10200 evro miqdorida jarimaga tortildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!