Batistuta Messining JCh-2022dagi o'yiniga baho berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 45
Argentina terma jamoasining sobiq hujumchisi Gabriel Batistuta 35 yoshli hujumchi Lionel Messining JCh-2022dagi o'yini haqida gapirdi.
"Messi yaxshi o'ynaydi, lekin u bundan ham yaxshiroq o'ynay oladi. U jamoaga ko'proq narsani bera oladi. Ammo hozirgi Argentina terma jamoasining asosiy ustunligi shundaki, ular hatto Leoga ortiqcha tayanmasdan ham yaxshi o'ynay oladi. Unga dam olish uchun vaqt berilishi mumkin", - dedi Batistuta Todomercadoweb bilan suhbatda.
Argentina o'z guruhida birinchi o'rinni egalladi va Jahon chempionatining 1/8 finaliga chiqdi hamda bu bosqichda Avstraliya terma jamoasi bilan uchrashadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!