JCh-2022. Janubiy Koreya so'nggi daqiqalarda pley-off masalasini hal qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 52
JCh-2022ning 3-tur doirasida Janubiy Koreya Portugaliya terma jamoasi bilan bahs olib bordi.
Uchrashuvning 5-daqiqasidayoq Rikardu Orta Portugaliya terma jamoasini oldinga olib chiqdi.
Biroq, Kim En Gvon 27-daqiqada muvozanatni tiklagan bo'lsa, uchrashuvning asosiy vaqtiga qo'shib berilgan daqiqalar o'tib borayotganida Xvan Xi Chxan Diogu Koshtani ojiz qoldirib, o'z terma jamoasiga muhim bo'lgan uch ochkoni olib keldi.
Janubiy Koreya – Portugaliya 2:1
2 dekabr, 20.00, «Education City Stadium»
Gollar: 0:1 – 5 Rikardu Orta, 1:1 – 27 Kim En Gvon, 2:1 – 90 Xvan Xi Chxan.
Janubiy Koreya – Kim Siin Gyu, Kim Mun Xvan, Kim En Gvon (Son Chjun Xo, 81), Kvon Gen Von, Kim Chjin Su, Chjon U En, Xvan In Bom, Li Kan In (Xvan Iiy Chjo, 81), Li Chje Son (Xvan Xi Chxan, 66), Son Xiin Min, Chjo Gyu Son.
Portugaliya – Diogu Koshta, Diogu Dalot, Pepe, Antoniu Silva, Joau Kanselu, Ruben Nevesh (Rafael Leau, 65), Vitinya (Bernardu Silva, 81), Mateush Nunesh (Palinya, 65), Joau Mariu (Vilyam Karvalyu, 82), Ronaldu (Andre Silva, 65), Rikardu Orta.
Ogohlantirishlar: Li Kan In (36).