JCh-2022 uchrashuvining tanaffus paytida turkiyalik sharhlovchi telekanaldan haydaldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 78
Jahon chempionati 3-turidan o'rin olgan Kanada va Marokash o'yinida ishlagan turk sharhlovchisi Alper Bakirjigil jahon chempionati tarixidagi eng erta gol turkiyalik hujumchi Xokon Shukur tomonidan kiritilgani haqida gapirgani uchun diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda TRT xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, Bakirjigil agentlikdan ogohlantirish olgan va o'z faoliyatini davom ettirmoqda. Avvalroq u telekanaldan ishdan olingani xabar qilingandi.
Qayd etilgan intizomiy choralar siyosiy jihatlar bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Xokon Shukur futboldagi faoliyatini yakunlagach, siyosatga kirib keldi. 2015-yilda hukumat sportchini radikal muxolifat bilan aloqada bo'lganlikda ayblagan va u mamlakatni tark etgan. U hozirda AQShda istiqomat qiladi, u erda taksi haydovchisi bo'lib ishlaydi.