Grizmann ketma-ket 70ta uchrashuvdan buyon Frantsiya safida o'ynamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 50
Hujumchi Antuan Grizmann so'nggi 5 yil ichida Frantsiya terma jamoasining birorta o'yinini o'tkazib yubormadi. U ketma-ket 70ta bahsdan buyon "uchranglilar" safida maydonga tushmoqda.
Antuan bugun Tunisga qarshi bo'lib o'tgan o'yinning 73-daqiqasida zaxiradan maydonga tushib, gol urishga ham erishgandi. Ammo mazkur gol ofsayd tufayli bekor qilindi.
Grizmann so'nggi marta 2017 yilning iyun oyida o'tkazilgan uchrashuvda zaxirada qolgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!