"MYu" Gakpoga 2028 yilgacha shartnoma taklif qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 71
PSV hujumchisi Kodi Gakpo "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin. De Telegraaf xabariga ko'ra, ingliz klubi futbolchiga 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnoma taklif qilmoqda.
Oldinroq "MYu" 23 yoshli futbolchini qishda 50 million evro evaziga sotib olishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Niderlandiya terma jamoasi futbolchisining o'zi esa bunday nufuzli klubning qiziqishidan mamnunligini aytdi.
Gakpo joriy mavsumda PSV safida 23 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!