Buskets bir qarorga kela olmayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 47
Kataloniyaning "Barselona" klubi boshliqlari yarim himoyachi Serxio Buskets bilan xayrlashish borasidagi fikrlarini o'zgartirib, unga yangi mehnat shartnomasini taklif qilmoqchi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
34 yoshli futbolchi va "ko'k-anorranglilar" o'rtasidagi amaldagi shartnoma kelasi yozda yakuniga etadi. Bosh murabbiy Xavi Ernandes hamon Serxioga ishonadi va uni jamoada olib qolmoqchi.
Oldinroq ispaniyalik futbolchi mavsum yakunida "Barsa"ni tark etib, MLSga o'tishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Serxioga "Inter Mayami" qiziqish bildirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!