"PSJ" rahbariyati Mbappe bilan yangi shartnoma imzolaganidan xursand
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 55
"PSJ" xo'jayini va prezidenti Nosir Al-Xelayfi hujumchi Kilian Mbappening ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
“Men bu savolga har oy, har hafta va har kuni javob berishim kerak. U yaqindagina shartnomasini yangiladi, barchamiz bundan xursandmiz. Jamoa mavsumda birorta ham o'yinda mag'lub bo'lmadi, shuningdek o'z uyimizda o'tkazgan ketma-ket 100 o'yin chiptalarini to'liq sotganmiz", - deya Al-Xelayfidan iqtibos keltiradi Marca.
23 yoshli frantsiyalik futbolchi 2018 yilning iyulidan beri "PSJ" safida to'p suradi. Bu vaqt ichida u frantsuz klubi safida 237 ta o'yin o'tkazib, 190 ta gol urgan va 93 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!