Teo Ernandes jiddiy jarohatlangan ukasini qo'llab-quvvatladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 47
Frantsiya terma jamoasi himoyachisi Teo Ernandes Avstraliyaga qarshi o'yinda (4:1) tizzasidan olgan jarohati tufayli JCh-2022da boshqa o'ynamaydigan ukasi Lyuka Ernandesni qo'llab-quvvatladi.
“Senga katta kuch tilayman, ukam. Har doimgidan ham kuchliroq bo'l”, deb yozdi Teo Twitter'da.
Dushanba oqshomidan boshlab Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Ernandesning o'rniga boshqa futbolchi chaqira olmadi.
Avvalroq Frantsiya terma jamoasi Karim Benzema, Kristofer Nkunku, Pol Pogba, Presnel Kimpembe, NGolo Kante va Mayk Menyanni jarohati tufayli boy yo'qotgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!