Raboning onasi o'g'lining maoshini sezilarli darajada ko'tarmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 68
"Yuventus" yarim himoyachisi Adrien Raboning onasi va agenti Turin klubi bilan o'g'lining maoshini oshirish bo'yicha muzokaralar olib borish niyatida, deya xabar beradi jurnalist Nikolo Skira.
U yangi shartnomaga ko'ra, futbolchining maoshi yiliga 10 million evroga ko'tarilishini istamoqda.
Eslatib o'tamiz, frantsiyalik futbolchi hozirda 7 million evro va 2 million turli bonuslar olmoqda.
27 yoshli Raboning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Italiya A Seriyasining joriy mavsumida yarim himoyachi 11 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!