Auar faoliyatini "Roma"da davom ettirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 52
Corriere dello Sport nashri xabariga ko'ra, "Roma"ga so'nggi kunlarda "Lion" yarim himoyachisi Ussem Auar xizmatlari taklif qilingan.
Shunga qaramay, "Milan" 24 yoshli frantsiyalik futbolchini qo'lga kiritish uchun kurashda hamon etakchilik qilmoqda. Oldinroq “rossonerilar” vakillari futbolchining agenti bilan muzokaraga kirishgani haqida xabar berilgandi.
Auarning "Lion" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozgacha amal qiladi. Transfermarkt portali frantsiyalik futbolchini 20 million evroga baholamoqda.
Yarim himoyachi joriy mavsumda 6 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!