Kuman: "Depay - ajoyib inson va haqiqiy professional"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 41
"Barselona"ning sobiq bosh murabbiyi Ronald Kuman qishda "ko'k-anorranglilar"ni tark etishi mumkin bo'lgan hujumchi Memfis Depayning fazilatlari haqida gapirdi.
"Memfis ajoyib inson va haqiqiy professional. U qilayotgan har bir narsa unga eng yuqori saviyada raqobatlashishga yordam beradi", - deya Kumanning so'zlarini keltiradi Barsa Universal.
Eslatib o'tamiz, yozda Depay Turinning "Yuventus" klubiga o'tishi mumkin edi, biroq futbolchi Italiya klubi bilan maosh borasida kelisha olmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!