"Chelsi" Gvardioldan umidini uzmagan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 56
37"Chelsi" "RB Leyptsig" va Xorvatiya terma jamoasi himoyachisi Yoshko Gvardiolga qiziqishda davom etmoqda, deya xabar beradi jurnalist Fabritsio Romano.
Biroq manbaning xabariga ko'ra, 20 yoshli futbolchi bilan hozircha hech narsa kelishib olinmagan. Hozir xorvat bor etiborini jahon chempionatida ishtirok etishga qaratgan. Oldinroq Gvardiolga "Barselona" ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Futbolchining nemis klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt Xorvatiya terma jamoasi himoyachisini 60 million evroga baholamoqda.
Gvardiol joriy mavsumda “RB Leyptsig” safida 19 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!